2017-yildan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Ergash Saliyev ishdan olindi. Uning o‘rnini “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi Ulug‘bek Mustafoyev egalladi.
Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi. U bir paytda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i ham hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan Jizzax viloyati SSBga yangi boshliq tayinlandi. Maxmarasul Umarov bungacha SES viloyat boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Cobalt mashinasi haydovchisi yo‘lda uxlab qoldi va oldidagi yuk mashinasiga urildi. U voqea joyida halok bo‘ldi, yo‘lovchilar esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Zomindagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i MCHJ vakilidan 10 ming dollar talab qilib, shundan 4 mingini olganda ushlandi. U 100 ta yuk vagonini bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish va temiryo‘l jarimasini qo‘llamaslikka ishontirgan. Stansiya boshlig‘i avval o‘g‘rilikda ayblanib, sudlangan.
Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tekshiruvda 10 ta tuman hokimligi va 9 ta tashkilotning 124 ta hujjatida qonun talablari buzilgani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan hokimliklarga tegishli taqdimnoma va ko‘rsatmalar yuborilib, imzolangan qarorlar bekor qilindi.
Prezident Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory avtomobil zavodiga tashrif buyurdi. Hozir u yerda 2 modeldagi avtomobil ishlab chiqarilmoqda. 1-bosqichda ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 ming dona, 3-bosqichga yetib 500 ming donani tashkil etadi. Mahalliylashtirish darajasi ham bosqichma-bosqich ortishi kutilmoqda.
Payshanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, yirik sanoat obyektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi. Shuningdek, Zomin tumanida Xalqaro maqom san’ati festivalini ochib beradi.
Sharof Rashidov tumanida Lacetti avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Yengil mashinaning 21 yoshli yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi. Jizzax viloyati IIB fuqarolar tarmoqlarda aytilgani kabi maktab bitiruvchilari emasligi, ular to‘yga ketayotgan bo‘lganini bildirdi.
Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaat o‘rganilganda Jizzax viloyati Zomin tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchining yuziga bir necha bor tarsaki urib, uni haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Maktab direktori buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Jizzax viloyatidagi mahallalarga eksportchi liderlar biriktiriladi, dedi prezident. Bundan tashqari, Irjar — Do‘stlik — Jizzax yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish, Aydar-Arnasoy ko‘li atrofida “turizm halqasi” yaratish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish rejalashtirilgan.
Jizzax viloyatidagi 10 ta madaniy meros obyektida “turizm halqasi” yaratilib, ularga eltuvchi yo‘llar ta’mirlanadi. Shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimida sayyohlar uchun sharoit hozirlanib, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun hukumat komissiyasi tuziladi.
Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida qurilgan Kibersport arenasi bilan tanishdi. Prezident u yerda kibersport, shaxmat, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, basketbol musobaqalarini kuzatib, yoshlar bilan suhbatlashdi. “Biz belgilab olgan strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz”, — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida metallurgiyaga ixtisoslashgan sanoat zonasi va quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlashda ishtirok etdi.
Amerikaning “Nobel Systems” kompaniyasi va “O‘zsuvta’minot” hamkorligidagi “Digital Twin” raqamli loyihasi yakunlandi. Buning uchun AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi 430 ming dollar grant mablag‘i ajratgan. Raqamli suv boshqaruvi loyihasi ikki yil davomida Jizzax shahrining uchta mahallasida amalga oshirildi.
Forish tumanidagi qishloqlardan birida bolalar bog‘chasi mudirasi mahalladoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topildi. Sud-tibbiyot ekspertizasida uning o‘lik tug‘ilgani aniqlandi.
Jizzax shahridagi oshxonalarning birida taomlangan 57 kishi zaharlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qildi. Ularning 11 nafariga yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi, 46 nafarining ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Prokuratura holatni o‘rganyapti.
Tatariston raisi Rustam Minnixanov Jizzaxda kimyo-sanoat texnoparki qurilishi startida ishtirok etdi. O‘tgan yili Chirchiq shahrida qo‘shma texnopark foydalanishga topshirilgandi. Tatariston rahbarini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi.
Do‘stlik tumanida 218 dona baliqni noqonuniy ovlagan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda hayvonot dunyosiga 28 mln so‘m zarar belgilandi. Hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting